paylate
 Поиск тура
 Запрос на расчет
: : Турция : : Алания : : Отели : : Vikingen Infinity Resort & Spa : : Отзыв 3689430 : : Туры

Отзыв на отель Vikingen Infinity Resort & SPA 5* (Викинген Инфинити Резорт энд СПА) Алания Турция

Дата вылета:
RadDatePicker
RadDatePicker
Open the calendar popup.
RadDatePicker
RadDatePicker
Open the calendar popup.
Кол-во ночей:
Взр.|Детей:
Пит.:
Авиаперелет:


Отзыв написал 23.11.2021.

Оценка: 5 из 5.

Avgust oyida biz shu mehmonhonada oilamiz bilan dam oldik Shu mehmonhonani tanlashdan oldin mehmonhona haqida yozilgan sharhlarni o’qib chiqdik. U yerdagi sharhlar ichida mehmonhonani yomonlab yozilgan sharhlar ham bor edi. Ularni o’qib chiqib bildimki u odamlar mehmonhonada o’zlarini yaxshi tutishmagan va shuning uchun ham o’zlariga yarasha muomala olishgan.Mehmonhona judayam kata va chiroyli ekan. Yashil maydonlari ham chiroyli ekan, lekin sal kamroq ekan. Narx va sifat bir-biriga mos keladi.Bu mehmonhonaning birgina menga yoqmagan tomoni bu hona uchun qo’shimcha pul to’lamasangiz sizga hech narsani tushuntirishmas ekan. Qayerda ovqatlanish, qayerda kiyim almashtirish va shunga o’xshagan narsalar. Receptionda kutib o’tirdik. Boshida kelib hona uchun yana 50$ qo’shimcha haq to’lashimizni aytishdi, biz esa ko’nmadik. Oradan vaqt o’tgandan keyin yana kelishdi va 20$ ga hona taklif qilishdi va biz o’sha honani oldik. Hona judayam zo’r ekan. Hona dengizga qaragan ekan. Men har doim dengizga qaragan yotoqhonam bo’lishini orzu qilgandim. Wifi uchun kuniga 2$ dan to’ladik. Mehmonhonaning menga yoqmagan tomonlari shu bo’ldi.Ovqatlari judayam zo’r ekan. Hohlagan ovqatizdan topa olasiz va eng asosiysi ovqatlar judayam shirin. Diyetadagilar uchun ham ovqatlar bor. Kamdan kam holatlarda navbatda turardik chunki navbatda turib grilda qilingan tovuq yoki baliq olishdan ham qiziqroq narsalar bore di. Masalan mevalar banan, olma, shaftoli, nok. Judayam ko’p ko’katli salatlar. Oshxona hodimlari qolib ketgan ovqatni ertangi kun uchun saqlamas ekan. Masalan tushlik tugagandan so’ng hamma qolib ketgan ovqatlarni bitta kata idishga to’kishadi.Mehmonhonada o’zining plyaji bor. Plyajda odamlar ko’p, yotadigan joylarni band qilish uchun vahliroq borib olmas edik chunki har doim bo’sh yotadigan joylar bor edi. Ba’zi paytlar tashlandiq qo’shni mehmonhonaning plyajiga borar edik chunki u yerda tinchlik hukmron edi. Hovuzlar atrofida turklar ko’p yurishar edi, ayniqsa dam olish kunlari, slaydlar uzoq vaqt ishlab turar ediAnimatsiyalarni koronavirus sababli judayam kamaytirib yuborishgan. Kunduzi voleybol va hovuzda suv polosi. Aytishlaricha oldin darts ham bo’lgan ekan. Yosh bolalar uchun klub yuq, uning o’rniga akvapark bor.Mehmonhonaga yaqin joyda ya’ni 15 daqiqalik yo’lda kichikroq bozorcha bor. U yerdan har hil mayda-chuydalarni olish mumkin. Avtobus bilan boshqa plyajga bordik. U yerga kirish uchun pul to’ladik. Kirgandan keyin 2 ta yotadigan joy va soyabon olish uchun yan 50 lira to’ladik. Bu plyaj judayam mayin qumlik, suzishni bilmaydigan va yosh bolalar uchun judayam qulay.

   





Справочно-информационный сайт Позитив Тревел не является ни рекламой, ни офертой